YCHL. Azar “Atalanta”ga qarshi uchrashuvni ham o'tkazib yuborishga yaqin

Eldor Akmurzayev
3 fev 2021, 20:10
“Real” vingeri Eden Azar mushaklari bilan bog'liq navbatdagi jarohat orttirib olgan va u seshanba kungi mashg'ulotlarda qatnashmadi.

30 yoshli belgiyalik La Liga 22-turidan o'rin olgan 6 fevraldagi “Ueska” bilan safardagi uchrashuvda qatnasholmasligi aniq bo'lib bormoqda. Shuningdek, u YCHL 1/8 finali doirasidagi “Atalanta” bilan 24 fevraldagi bahsni ham o'tkazib yuborish ehtimoli bor.

Azar joriy mavsum 97 kunni lazaretda o'tkazganini ham hisobga olish kerak. U 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 3+1 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal