YCHL. "Atletiko" o'z uyida umuman g'alaba qozonmagan holda 1/4 finalga chiqqan ilk jamoa bo'ldi

Alisher
16 mar 2022, 11:48
"Atletiko" "Manchester Yunayted" (2:1)ni CHL 1/8 finalida mag'lub etgan holda keyingi bosqichga chiqdi.

Madridliklar musobaqa tarixida 1/4 finalga o'z uyida g'alaba qozonmagan holda chiqqan ilk jamoa bo'ldi.

"Atletiko" CHL guruh bosqichida o'z uyida "Portu" (0:0) bilan durang o'ynadi, "Liverpul" (2:3) va "Milan" (0:1)ga esa yutqazgandi.

Ispanlar 1/8 finalning ilk o'yinida Madridda MYU (1:1) bilan durang o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mister Chip