YCHL. "Atletiko" ilk yarim finalchi!

Aziz Tukhtamuradov
19 apr 2017, 01:57
Chempionlar Ligasi chorak final doirasida "Lester" hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

O'yinda durang natija qayd etildi va yakunda "Atletiko" yarim finalga yo'llanma oldi. Ta'kidlab o'tish lozimki, "matraschilar" so'nggi 4 yil ichida uchinchi marotaba mazkur turnirning yarim finaliga chiqdilar.

"Lester"  – "Atletiko" 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 26 Saul, 1:1 – 61 Vardi.

"Lester" – Shmeyxel, Morgan (Amarti, 84), Fuks, Simpson, Benaluan (Chiluell, 46), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez, Okadzaki (Uloa, 46), Vardi.

"Atletiko" – Oblak, Godin, Savich, Filipe Luis (Korrea, 74), Ximenes, Ferreyra Karrasko (Torres, 69), Gabi, Koke, Saul, Grizmann, Xuanfran (Lyuka Ernandes, 56).

Birinchi o'yin – 0:1


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia