YCHL. Aguero “Real”ga qarshi javob bahsida qatnashadimi?

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2020, 19:29
Avvalroq, “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero Kataloniyada muvaffaqiyatli operaciya qilingani haqda xabar bergandik.

U APL 30-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi bahsda tizza paylarini shikastlab olgandi.

Sky Sports manbasiga ko'ra, argentinalik YCHLning Lissabonda o'tadigan “sakkizlik final” bosqichiga qadar tiklanishi mumkin. U 1/8 bosqichi doirasida “Real”ga qarshi 8 avgust kuni o'tadigan javob o'yinida qatnasholmasligi mumkin. Musobaqaning mini-turniri esa 13 avgustdan boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Madriddagi bellashuvda “Siti”ning qo'li baland (2:1) kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports