Dzyuba: "Argentina o'rtacha jamoa, Krishtianu esa Messidan bir bosh ustun"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2018, 18:13
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Argentinaning Xorvatiyadan uchragan mag'lubiyati (0:3) haqida fikr bildirdi.

"Xorvatiya Argentinani yutishini aytgan edi. Janubiy amerikaliklarda individual kuchli futbolchilar ko'p, biroq ular o'rtamiyona jamoa. Jahon futbol saviyasida aytyapman. Ular chempionlikka da'vogar emas.

Hozir ko'pchilik haqorat qilishi mumkin, ammo Krishtianu qayerdayu Leo qayerda? Ularga yetishning iloji yo'q, biroq Ronaldu bir bosh ustun" - deydi Dzyuba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru