

"Neradzurri" qanot himoyachisi Dyumfrisning hozirgi klubdagi holati Yevropaning bir qator gigantlari, jumladan, "Chelsi", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" tomonidan kuzatib borilmoqda. Yozgi transferlar oynasi ochilganda Dyumfris ushbu klublardan birini tanlashi mumkin.
Bu Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi uchun Milan klubidagi oxirgi mavsum bo'lishi kutilmoqda, chunki o'yinchining vakili Italiya klubiga Dyumfrisni transfer qilish evaziga bonuslar bilan birga 50 mln evro ishlab olishini bildirgan.
26 yoshli futbolchiga yuqoridagi klublardan turli paytlarda qiziqish bo'ldi. Dyumfrisning Jahon chempionatidagi yaxshi ishtiroki ularning futbolchini ko'lga kiritishga undadi.
Denzel Dyumfris "Inter" tarkibida ushbu mavsum barcha turnirlarda 23 ta o'yinda ishtirok etdi va 5 bor samaradorlik (“2+3”) ko'rsatdi.



