Dunyoning eng qimmat klubi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024, 19:53
Bu – Angliyaning "Manchester Siti"si.

Ispaniyaning mashhur "Marca" nashri Transfermarkt portali ma'lumotlari asosida dunyoning eng qimmat klublari reytingini tuzib chiqdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, dunyoning eng qimmat klubi Angliyaning "Manchester Siti"si. "Siti" futbolchilarining umumiy qiymati 1,38 mlrd evroni tashkil qiladi.

Ikkinchi o'rinni 1,28 mlrd evro bilan Ispaniyaning "Real" klubi egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni 1,18 mlrd evro bilan Angliyaning "Arsenal" jamoasi yakunladi. Ulardan tashqari, faqatgina Angliyaning "Chelsi" klubi o'yinchilarining umumiy transfer qiymati 1 mlrd evrodan oshadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca