Dunyoning eng qimmat himoyachisi Liverpul safidagi ilk o'yinda g'alaba to'pini kiritdi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018, 08:20
Angliya kubogi 3-bosqichida Liverpul Enfildda Evertonni mag'lub etdi (2:1).

Mezbonlar safida Sautgemptondan 75 million funtga xarid qilingan futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi Virgil van Deyk debyut qildi.

26 yoshli gollandiyalik futbolchi bahsning 84-daqiqasida gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe