Dunga Neymarni sentyabrdagi Braziliya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirmoqchi

Tolibjon Qosimov
30 iyul 2014, 12:24
Braziliya futbol federatsiyasi “Barselona” hujumchisi Neymarni sentyabrda bo'lib o'tadigan milliy terma jamoaning o'rtoqlik o'yinlariga chaqirmoqchi.
Braziliya terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Dunga 5 va 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Kolumbiya va Ekvador jamoalariga qarshi o'yinlarda 22 yoshli futbolchining yordamiga ishonmoqda.

Eslatib o'tamiz, Neymar  JCH 2014da jiddiy jarohat olgan edi. Futbolchi “Barselona” safiga avgust oyida qo'shiladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com