

Biroq gelzenkirxenliklar jamoasi menejeri Xorst Xeldt, Yulianning qishki transferlar paytida "Shalke" ni tark etmasligi deyarli aniq ekanini aytib o'tdi.
- Yulian – ajoib o'yinchi. Uning bundan keyinham kuchli klublar nigohida qolishiga ishonaman. Lekin ishonch bilan aytishim mumkin-ki, u CHL nim-chorak final bahslarida ham "Shalke" uchun maydonga tushadi, - dedi Drakslerning jamoada qolishiga ishonayotgan Xeldt.
Chempionlar Ligasi nim-chorak final bahslarining bahorda o'tkazilishini inobatga olsak, futbolchining mavsum so'nggiga qadar "Shalke" safida qolishiga ishonish mumkin. Ammo mavsum yakunlanganidan so'ng Draksler katta extimol bilan Gelzenkirxenni tark etadi. Boisi uni ko'xna qitaning bir qator yetakchi klublari o'z safida ko'rishni istamoqdalar.
"Real Madrid" hamda "Manchester Siti" jamoalari Drakslerning "Shalke" bilan 2018 yilga qadar mo'ljallangan transfer huquqini sotib olish uchun 45,5 million Evro to'lashga tayyor turishibdi. Qolaversa, "Liverpul" va "Chelsi" klublari ham Draksler bilan jiddiy qiziqmoqda.



