Draksler uchun bosh da'vogar klubi nomi ma'lum

Alisher
13 mar 2021, 12:18
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler katta ehtimol bilan mavsum so'nggida "Bayer"ga o'tadi.

"Farmacevtlar" anchadan buyon futbolchi bilan muzokaralar o'tkazishdi va oxir-oqibat kelishuvga erishishdi.

Yarim himoyachining parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etmoqda, shu sabab u "Bayer"ga tekinga tushishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes