Draksler uchun APLdan taklif bor

Mirjalol Normatov
7 iyun 2019, 00:55
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler "Tottenxem" futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Daily Star" xabariga ko'ra, Fransiya jamoasining o'zi London klubiga yozda uni sotib olish taklifi bilan chiqqan. Ayni damda u "Tottenxem"da jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Kristian Eriksenning o'rnini egallashi mumkin. Ayni damda u "Real"ga o'tishi kutilmoqda. 

Bu mavsumda 25 yoshli Draksler PSJ tarkibida 46 o'yinda qatnashib, 5 gol urib, 12 golga assistentlik qildi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star