

Yaponiya kecha guruh bosqichida musobaqa favoriti sifatida qayd etilgan Germaniyadan ustun keldi. Janubiy Koreya ayni vaqtda Urugvay bilan kuch sinashmoqda. Kechki dasturlardan Braziliya - Serbiya o'yini ham o'rin olgan. Mazkur bellashuvlar yuzasidan Superliganing joriy yilgi to'purari, serbiyalik futbolchi Dragan Cheranning fikrlari bilan qiziqdik.
- Birinchi tur uchrashuvlari yakuniga yetib boryapti. Kuzatgan o'yinlaringizdan qanday taassurotlar qoldi?
- Musobaqaning ochilish o'yinlari shuni isbotladiki, hozirgi kunda oson jamoa qolmagan. Yomon terma jamoaning o'zi yo'q. Chunki barcha futbol o'ynashni, qanday to'p tepishni o'rganib olgan.
- Qaysi bahs natijasini kutilmagan sifatida qabul qildingiz?
- Hozircha faqat Argentinaning mag'lubiyati nafaqat men, balki ko'pchilik uchun syurpiriz bo'ldi.

- Yaponiyaning Germaniyadan uch ochko tortib olishi chindan ham sensaciyami yoki...
- Yapon futbolining oxirgi yillardagi mentaliteti ular Osiyodan o'zib ketganini ko'rsatadi. Saudiya Arabistonida kuchli chempionat bor. Sifatli ijrochilarga ega. Deyarli yarim jamoa birga to'p tepib kelmoqda. U yerda haqiqatdan ham futbol rivojlanmoqda.
- Braziliya - Serbiya uchrashuvida hamyurtlaringizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bizda juda qiyin guruh bor. Favorit - Braziliya. Menimcha, Kamerun va Shvecariya bilan o'yinlarda imkoniyat qidirib ko'rish kerak. Biroq Serbiyada kuchli futbolchilar, tajribali murabbiy jamlangan. Jarangli nomlar bor. Umid qilamanki, Serbiya guruhdan chiqishni uddalaydi.
- Musobaqa favoriti kim?
- Kim favorit ekanligi guruh bosqichidan keyingina nisbatan aniq bo'lib ulguradi.


