Dragan Cheran Superligada ushbu mavsumdagi ilk pokerni qayd etdi

Administrator
18 okt 2022
Ushbu mavsum chempionatimizda hali xet-trik ham qayd etilmagandi.

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" (5:2) uchrashuvida "Paxtakor" futbolchisi Dragan Cheran "Qo'qon-1912" darvozasiga to'rtta to'p kiritdi. Cheran qayd etgan bu natija Superligada ushbu mavsumdagi birinchi poker hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu mavsum chempionatimizda biror bir futbolchi xet-trik ham qayd etgani yo'q. 

Bugungi o'yinda to'rtta to'p kiritgan Dragan Cheran to'purarlar poygasida ham birinchi o'ringa o'tib oldi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia