Doxada "Bunyodkor" delegaciyasini PSJ "futbolchilari" kutib olishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014, 17:04
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Qatar poytaxti Doxa shahriga yetib kelishdi.
Bu haqda klubning tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.

"Qaldirg'ochlar" dastlab Toshkent-Dubay yo'nalishi bo'yicha uchishdi. Bundan bir necha daqiqa oldin jamoa delegaciyasi Doxaga yetib keldi.

“Bunyodkor” a'zolarini Doxa aeroportida PSJ “futbolchilari” kutib olishdi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Al-Jaish” uchrashuvda qayd etiladigan toshkentliklarning har qanday hisobdagi g'alabasi “qaldirg'ochlar”ni keyingi bosqichga olib chiqadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia