Douson: "Manchester Yunayted"ga qarshi fantastik o'yin namoyish etdik"

Tolibjon Qosimov
3 yanv 2014, 13:08
"Tottenxem" himoyachisi Maykl Douson "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Klub safidagi 300-o'yinimni o'tkazganimdan xursandman. "Siti"ga qarshi safardagi o'yinda rasvo o'ynagandik. Bu yerda esa barchasi ajoyib bo'ldi: ajoyib kun, qoyilmaqom o'yin va g'aroyib natija".

"O'ylagimcha biz fantastik o'yin namoyish etdik. 2:1 hisobi vaqtida xarakter ko'rsatishimiz zarur edi, "Yunayted" hisobni tenglashtirishga uringan vaqtda biz jamoaviy ruhimizni namoyish etdik".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru