29 yoshli hujumchi uchun mavsum erta nihoyasiga etdi va u hozirda uyida davolanmoqda. Uning ayni paytdagi holatini bilish maqsadida Kraev bilan bog'landik.
- Sog'lig'im yomon emas. Har kuni shifokor tavsiya qilgan dorini ichib turibman. Agar dorini ichmaydigan bo'lsam sudurgi boshlanishi mumkin.
- Jarrohlik stoliga qachon yotasiz?
- To'g'risi, buni bilmayman. Operaciya qildirishim uchun Rossiyaga borishim kerak. Buning uchun esa yaxshigina mablag' bo'lishi lozim.
- Umuman olganda bunday dardga chalinishingizni kutmaganmidingiz?
- Albata, bunday bo'lishini hech kim xohlamaydi. Hammasi risolagidek ketayotgandi va “Andijon” bilan ikkinchi bosqichga tayyorgarlik ko'rayotgandik. Bir kuni mashg'ulot paytida sudurgi holatiga tushib qoldim. Boshida buga jiddiy qaramadim va hammasi vaqtinchalik holat deb o'yladim. Andijonda ikki marta ikki marta shunday holatga tushdim. Keyin uyga ketdim va Toshkentda ham ikki bor sudurgi bo'ldim. Shundan so'ng shifokorga ko'rindim.
- Shifokorlar sog'lig'ingiz borasida nima deyishmoqda?
- Aniq bir tashhizni qo'yishgani yo'q. Shifokorlar meni tibbiy tekshiruvdan o'tkazishgan. Hozir ular qanday hastalikka chalinganimni tekshirishmoqda. Nima bo'lishi yolg'iz Yaratganga ayon.
- Bo'ldi endi futbol bilan butunlay xayrlashdingizmi?
- Buni bilmayman. Hammasi sog'lig'im ko'tarishiga bog'liq. Ammo ayni paytda shifokorlar mashg'ulot qilishimni taqiqlab qo'yishgan. Chunki jismoniy zo'riqish muammolar to'g'dirishi mumkin.
- Yashil maydonni, futbolni sog'inib qolgandirsiz?
- Albatta. Axir bu mening kasbim edi. Har kuni to'p tepib birdaniga “o'yindan tashqari” holatga tushib qolish og'ir.
- Ayni paytda “Andijon” jamoasi rahbariyati, murabbiylar va hatto futbolchilar ham sizga yordam berishga harakat qilishmoqda.
- Bunday qiyin vaziyatda meni yolg'izlatib qo'yishmayotganidan albatta xursandman. Men uchun qayg'urayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman.
- Endi futbolga qaytishingiz qiyin bo'lishi aniq. Umuman yashil maydonda yaxshi damlarni o'tkazdim deb ayta olasizmi?
- Futbolchining o'yiniga murabbiylar va muxlislar baho beradi. Futbolchilik faoliyatim yomon o'tdi deya olmayman. “Lokomotiv”, “Dinamo”, “NBU-Osiyo”, “Xorazm” va “Andijon” jamoalari safida to'p surdim. O'ynagan klublarimda imkon qadar o'zimni ko'rsatishga harakat qildim.
- “Andijon”ning o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Ha, jamoamni qanday natijalarga erishayotganini internet orqali kuzatyapman hamda futbolchilar bilan qo'ng'iroqlashib turibman. Afsuski, ikkinchi bosqichda ikkala bahsda ham “Mashal”ga imkoniyat boy berildi. Shunga qaramay, “Andijon”ni oliy ligaga chiqishiga ishonaman. Kuchlilar safiga qaytishiga “Andijon”ga yordam berishni juda xohlagandim. Shunday bo'lsa-da, “Andijon”da yarim yil yaxshi damlarni o'tkazdim va jamoaning muvaffaqiyatlariga men ham o'zimni hissamni qo'shishga harakat qildim.
B.Tursunov suhbatlashdi