Divok Origi: "Ichki ovoz men "Liverpul"da qolishim kerakligini aytdi"

13 avg 2019, 19:25
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi klub bilan shartnomani uzaytirgani borasida fikr bildirdi.

"Bir vaqtning o'zida yaxshilab o'ylab olishim va klub men bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqdami yo'qmi, shu borada gaplashib olishim kerak edi. O'sha vaqtda mavsum avjiga chiqqan va mng ishimga bor e'tiborni qaratishim lozim bo'lgan payt edi. Shuning uchun vakillarimga muzokara o'tkazishlari uchun ruxsat berdim. Oxirida ichki ovoz men "Liverpul"da qolishim kerakligini aytdi. Bu menga kundek ravshan edi.

Men bu yerdagi o'yin va mashg'ulotlardan mamnunman. Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan juda minnatdorman. Bu menga olg'a harakatlanishim uchun turtki bo'ladi", - deydi Origi.


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com