"Dinamo"ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
20 may 2015, 10:53
Dinamo klubi rasmiy saytida muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, jamoaning darvozaboni Andrey Melnichuk aprel oyining eng yaxshi futbolchisi nomini qo'lga kiritdi.

Ikki hafta davomida o'tkazilgan so'rovnoma davomida aprel oyida faol o'yin namoyish etgan to'rt nafar futbolchiga umumiy 160 ta ovoz berildi.

Ovozlarga binoan, eng ko'p ishtirokchi, o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi sifatida jamoa posboni Andrey Melnichukni ko'rsatgan – 61 ta ovoz (38,2%). Qayd etish joiz, ukrainalik posbon Navbahor bilan o'yinda penaltini qaytarishga muvaffaq bo'lgandi.

Ikkinchi o'rinda Dinamoning bolgariyalik pleymekeri Nikolay Chipevqayd etilgan. Buxoro, Qiziqum jamoalari darvozasini ishg'ol etgan, shuningdek ikkita golga hammualliflik qilgan 26 yoshli yarimhimoyachiga 40 ta ovoz berilgan bo'lib, bu 25 % deganidir.

Aprel oyidagi faol o'yinlari bilan yodda qolgan Aziz IbragimovChipevdan biroz kamroq – 37 ta (23%) ovoz olib uchinchi o'rinda qayd etilgan bo'lsa, Navbahor darvozasini ishg'ol etgan to'rtinchi o'rindagi himoyachi Maksimilian Fomin 22 ta ovoz (13,8%) ovoz jamg'argan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz