"Dinamo"ning 596 daqiqalik quruq seriyasiga barham berildi

Narzulla Saydullayev
4 may 2013, 16:11
Kecha oliy liganing 7-turi doirasida Samarqandning "Dinamo" klubi Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'lib 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'yinning 15-daqiqasida mehmonlar vakili To'lqin Mirzaev klubning ushbu mavsum oliy ligadagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan 6ta tur (540daqiqa) davomida "Dinamo" raqiblari darvozasiga yo'l topa olmagan edi.

Klub so'nggi marta oliy liga doirasida o'tgan mavsum so'nggi turida "Nasaf" darvozasiga gol urgandi. O'shanda Ro'zimboy Ahmedov uchrashuvning 49-daqiqasida qarshiliklar darvozasini ishg'ol qilgandi. O'sha o'yindagi so'nggi 41 daqiqani va "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'yinning dastlabki 15 daqiqasini 540 daqiqaga qo'shsak 596 daqiqa kelib chiqmoqda.

Bu holat "Dinamo" klubi tarixida ilk bor sodir bo'ldi. Yani antirekord 596 daqiqaga teng.

Narzulla SaydullayevMuallif