"Dinamo"ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi Belarus klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2022, 17:39
22 yoshli yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov "Energetik-BGU" bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.

Abdurahmonov oxirgi 3 mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida o'tkazgan edi. U "arslonlar" tarkibida 57 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urgan va 5 ta golli pas uzatgan.

Shuningdek, u O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida 4 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta to'p kiritgan hamda 1 ta golga assistentlik qilgan.

Abdurahmonov Pro liganing 2021 yilgi mavsumida 18 o'yinda 8 ta gol urib, 3 ta golli pas bergan va munosib ravishda "Dinamo"ning 2021 yildagi eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.

Eslatib o'tamiz, "Energetik-BGU" safida o'zbekistonlik mahoratli hujumchi Bobir Abdixoliqov ham to'p tepib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia