"Dinamo" Zagreb egasi Marca gazetasining bir betini sotib oldi va "Real" futbolchisiga murojaat qildi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2024, 13:26
Zagrebning "Dinamo" klubidagilar Luka Modrich faoliyatini Xorvatiyada yakunlashini istashadi.

Zagreb klubi prezidenti Velimir Zaec Marca gazetasining bir betini sotib olib, "Real" yarim himoyachisini vatanga qaytishga chaqirdi.

O'sha sahifada "Dinamo"ning 10-raqamli futbolkasi va 38 yoshli futbolchining familiyasi aks etgan. Surat ostiga #BuMantiqliYAkunBo'lardi deb yozilgan.

Modrich va "Real" o'rtasidagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca