"Dinamo" Ukraina klubi bilan durang o'ynadi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2022
Superliga yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi xorij yig'ini doirasidagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushdi.

Bugungi bahsda Samarqand klubiga Ukrainaning "Levyy bereg" klubi sparring-raqiblik qildi. Side shaharchasida o'tgan o'yinni hujumkor boshlagan "dinamochilar" 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Ukrainalik legioner Evgeniy Chumak hamyurtlari darvozasini ishg'ol etdi – 1:0. 

Ikkinchi bo'limda esa murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o'zgarishlar qildi. Raqib jamoa o'yinning 88-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1. Shu tariqa, "Dinamo" Turkiyadagi birinchi o'yinida durang qayd etdi.

O'rtoqlik o'yini. 6 fevral

"Dinamo" - "Levyy bereg" (Ukraina) – 1:1

Gollar: Evgeniy Chumak (3) – Petrenko (88). 

"Dinamo": Miloe Prekovich, Jo'rabek Mannonov, Mixaylo Yovanovich, Jasur Jumaev, Saydullo Rahmatov, Abdujamol Isroilov, Temur Ismoilov, Shohmalik Komilov, To'lqin Ergashev, Evgeniy Chumak, Faxriddin Alimov. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати