"Dinamo": "Sirojiddin Sayfiev davolanib, safga qaytguniga qadar to'liq klub nazoratida bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
26 okt 2014, 08:17
"Dinamo" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Sirojiddin Sayfiev borasida ma'lumot berdi.
"Keskin kurashlar ostida utgan “Lokomotiv” - “Dinamo” (1:0) uchrashuvida "Dinamo" futbolchisi Sirojiddin Sayfiev oyog'idan jiddiy jarohat olib, maydondan shifoxonaga olib ketilgandi.

Oyog'ining ikki joyidan jiddiy shikast olgan tajribali futbolchi uchun joriy mavsum yakunlandi.

Futbolchi davolanib, safga qaytguniga qadar to'liq klub nazoratida bo'ladi", - deb yoziladi "Dinamo"ning tvittyerdagi rasmiy sahifasida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia