

Kuni kecha jamoamiz yana uch futbolchi – Farrux Shotursunov, Sergey Rekun va Feruz Boboqulovlar bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchilardan birinchi davrani Andijon safida o'tkazgan Farrux Shotursunov o'tgan mavsumda klubimiz sharafini himoya etib, iqtidorli hujumchi ekanligini ko'rsatgan bo'lsa, hujumkor yarimhimoyachi Sergey Rekun Oqtepa va O'zbekiston olimpiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan tanilgan. Hujum chizig'ida to'p suradigan Feruz Boboqulov esa Qizilqum klubi safidan jamoamiz tarkibiga kelib qo'shildi.



