"Dinamo" o'rtoqlik o'yinida "Qizilqum"ni engdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2023, 17:02
Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Samarqand jamoasi navbatdagi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Toshkentda o'tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Asror Aliqulov murabbiyligidagi "Qizilqum"ga qarshi to'p tepdi. Uchrashuvda navoiyliklardan Jasur Xolto'raev va Salohiddin Tursunov to'p kiritgan bo'lsa, Samarqand klubidan Francis Narx dublga erishdi, yana bitta gol himoyachi Xurshid Ubaydullaev nomiga yozildi.

Nazorat o'yini

27 yanvar (juma)

"Dinamo" – "Qizilqum" 3:2

Gollar: Francis Narx 15', 60', Xurshid Ubaydullaev 55' – Jasur Xolto'raev 5', Salohiddin Tursunov 80'

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Komil Sharofutdinov, Erkin Boydullaev, Xurshid Ubaydullaev, Bobur Mamadaminov, Abdujamol Isroilov, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Elguja Grigalashvili, Francis Narx, Bahodir Nasimov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Kozimov, Vohid Oqbo'taev, Mehriddin Musurmonov. 

"Qizilqum": Javohir Ilyosov, Ilhom Vahobov, Samandar Shukurullaev, Oleg Tolmasov, Avazbek Mamatxo'jaev, Murodbek Rahmatov, Oybek Nurmatov, Islom Toshpo'latov, Davron Anvarov, Sherali Jo'raev, Jasur Xolto'raev.

Ma'lumot uchun, "Dinamo" navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 29 yanvar kuni "Mashal"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia