"Dinamo" o'rtoqlik bahsida "So'g'diyona"dan ustun keldi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024, 19:34
Jamoalar Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.

Zominda o'tgan bahs qiziqarli va kurashlarga boy o'tdi. Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ivan Boshkovich murabbiyligidagi jizzaxliklar ustidan g'alabaga erishishdi. Vohidjon Oqbo'taevning uzoq masofadan urgan yagona goli Samarqand jamoasiga g'alaba keltirdi. 

O'rtoqlik o'yini

"So'g'diyona" – "Dinamo" 0:1

Gol: Vohidjon Oqbo'taev 35'

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Artyom Sokol, Salim Mustafoev, Ulug'bek Abdullaev, Francis Narx, Bobur Yorbekov, Vohidjon Oqbo'taev, Xislat Xalilov, Farruh Ikromov, Abubakr Muydinov, Anvarjon Hojimirzaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Anvar Fayzullayev, Xurshid Ubaydullaev, Komil Sharofutdinov, Vladimir Kozak, Ratino, Sanjar Shoahmedov, Husniddin G'ofurov, Humoyunmirzo Iminov, Dilshod Rahmatullaev, Bahodir Nasimov, Emmanuel Yagr.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати