

"Raqibning kuchiga etarli baho bera olmadik. Ikkinchi taymda vaziyatni o'nglashga urindik, ammo kech edi. Bu xatolarni PRO ligada takrorlamaslikka intilamiz.
Bugun yigitlar diqqat e'tiborni yo'qotib qo'yishdi. Mashg'ulotlar davomida barchasini to'g'rilashga urinamiz. Yaqinda jamoaga keldik, yigitlar bilan tanishayapman.
"Istiqlol" bilan o'yindan oldin klubga kelgandim. Shunchaki rasmiyatchilik ishlari kechikkani tufayli qaydnomadan o'rin olmagandim.
So'nggi yillarda Toshkentda futbol akademiyasida U-14 jamoa bilan ishlab kelayotgandim. "Dinamo" rahbariyatidan taklif tushdi va shu yil oxirigacha shartnoma tuzdim. Rahbariyat yoshlarga ko'proq e'tibor qaratishni va Superligaga qaytganimizda raqobatbardosh jamoaga aylanishimiz kerakligini ta'kidladi", - deydi Ravshan Ahmedov.



