

Jamoaning mashg'ulotlari bugundan boshlab ikki mahaldan o'tadi.
Avval xabar berganimizdek, birinchi kungi mashg'ulotda Obid Jo'raboev va Mirzohid G'ofurov ko'rinish bergandi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, kuni-kecha "Neftchi"dan Dilyorbek Ermatov bilan "Navbahor" himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov ham "Bunyodkor" lageriga kelib qo'shilgan.
Lekin bu ularning rasman Toshkent jamoasiga o'tdi degani emas.



