Dilshod Jo'raev va Anvar Berdiev "Andijon"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2015, 13:45
2 mart kuni “Andijon” jamoasining Toshkentdagi uchinchi yig'ini boshlandi.
Tayyorgarlikning so'nggi bosqinchini ham andijonliklar poytaxtda o'tkazishmoqda.
Ayni paytda Edgar Gess yakuniy tarkibni aniqlashga bor e'tiborini qaratgan. Jamoa safiga yangi o'yinchilardan gruziyalik himoyachi Georgi Kvesieshvili qo'shilgandi. Zayavka berish yakunlanishi arafasida tarkibga yana bir-ikkita yangi futbolchilarni qo'lishili kutilmoqda. Misol uchun, andijonliklar “Bunyodkor”ni tark etishi kutilayotgan Dilshod Jo'raev bilan Anvar Berdievni ko'z ostilariga olib qo'yishgan. Bugun jamoamiz Qibrayda “So'g'diyona”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: andijon-pfc.uz