Dilshod Rahmatov: "Natija bo'lishi uchun sharoit qilib berish kerak!!!"

Alisher
26 iyul 2022, 10:38
O'zbekiston futzal terma jamoasining yetakchi o'yinchilaridan biri Dilshod Rahmatov mamlakat futbol assotsiatsiyasidan norozi.

U o'zining instagram'dagi sahifasida Tailand terma jamoasining 11-16 sentyabr kuni Xamarkda bo'lib o'tadigan turniridagi taqvimini chop etib, unga quyidagicha izoh qoldirgan.

"O'z oldida maqsadi bor terma jamoalar shunaqa musobaqalar o'tkazadi! Natija bo'lishi uchun sharoit qilib berish kerak!!!", - deb yozdi Rahmatov.

Eslatib o'tamiz, futzal jamoamiz yaqinda Tojikistonga qarshi uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazib, ulardan ikkitasida durang va bittasida g'alaba qayd etgan edi.


→ VIDEO  "Kichkina kamera". R.Ermatov: "Mukofot pullarini beramiz". O'zbekiston - Tojikiston 2:2


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia