Dilshod Nuraliev U-16 OCH saralashiga 22 futbolchini jalb qildi

Aziz Tukhtamuradov
14 sen 2017, 13:26
Shu yilning 16–24 sentyabr kunlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlarini o'tkazadi.

Qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar termasi “A” guruhidan joy oldi va guruhda mezbon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Toshkentda so'nggi o'quv-yig'in mag'shulotlarini o'tkazib, saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. 22 futbolchidan iborat jamoa 16 sentyabr kuni Ar-Riyod shahriga yetib keladi. Quyida O'zbekiston U-15 termasining OCH saralashida ishtirok etadigan tarkibi bilan tanishish mumkin.  

Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov, Xurshid Muhammadjonov, Shukron Yo'ldoshev;

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo'jaev, Xurshid Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Miraziz Saidov, Doniyor Sobirov, Otabek Jo'raev;

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev, Boburmirzo Ergashev, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziev, Diyor Rahimqulov, Mironshoh Sattorov, Mirjalol Qosimov, Javohir Abdualimov;

Hujumchilar: Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Bo'ronbek Mirzasalimov, Boburbek Sobirov.

Barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo'lib o'tadi. Quyida U-16 OCH saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari taqvimi quyida keltirilgan:

U-16 OCH–2018 saralashi

“A” guruhi o'yinlari

16 sentyabr, shanba

19:15 Shri-Lanka – Bahrayn
22:15  Iordaniya – Saudiya Arabistoni

18 sentyabr, dushanba

19:15  Bahrayn – O'zbekiston
22:15  Shri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

19:15  O'zbekiston – Shri-Lanka
22:15  Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

19:15  Iordaniya – O'zbekiston
22:15 Saudiya Arabistoni – Shri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

19:15  Bahrayn – Iordaniya
22:15  O'zbekiston – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O'yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Ma'lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a'zo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda OCH finaliga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr  – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com