Dilshod Nuraliev - "Lokomotiv" U-21 bosh murabbiyi

Xayrulla Xoliqov
12 fev 2020
Yurtimizning ko'zga ko'ringan mutaxassislaridan biri Dilshod Nuraliev "Lokomotiv" U-21 (o'rinbosarlar) jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Loko" yoshlarining bu yilgi U-21 chempionatidagi o'yinlari Dilshod Jo'raevich qo'l ostida o'tkaziladi. Futbol muxlislariga yaxshi ma'lum, Dilshod Nuraliev faoliyati davomida bir qancha futbolchilarni tarbiyalab bergan. 

Xususan uning qo'l ostida O'zbekiston U-16 terma jamoasi 2012 yil Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan. Shuningdek, 2013 yil BAAda tashkil etilgan U-17 jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan. 

O'ylaymizki, Nuraliev qo'l ostida to'p tepadigan "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilaridan kelajakda yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi. Dilshod Jo'raevichga murabbiylar shtabida Rifat Akramxo'jaev (murabbiy), Konstantin Kuznecov (murabbiy), Anvar Jabborov (darvozabonlar murabbiyi), Rustam Mehmonov (shifokor), Abdurahim Sarimsoqov (massajchi) hamda Bekzod Arslonov (administrator) yordam berishadi. 

"Lokomotiv" U-21 jamoasiga yangi boshlanadigan mavsumda omad va zafarlar tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz