Dilshod Nuraliev ishtirokidagi matbuot anjumani 6 noyabr kuni o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2013, 14:44
6 noyabr, chorshanba kuni 11:00da O'FF anjumanlar zalida O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev va terma jamoa futbolchilari bilan matbuot anjumani o'tkaziladi.
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi BAA bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslaridagi ishtirokini nimchorak final bosqichida yakunladi va Toshkentga qaytib keldi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi guruh bosqichi o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlab musobaqaning o'z tarixida ikkinchi marotaba U-17 o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati nimchorak final bosqichida o'ynashdi.

6 noyabr kuni O'FF anjumanlar zalida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining BAAdagi jahon chempionatidagi ishtirokiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Matbuot anjumanida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev va terma jamoa futbolchilari ishtirok etadi.

Matbuot anjumaniga barcha turdagi OAV hodimlari taklif etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com