Dilshod Irsaliev: "Guruhdan chiqish qiyin bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2014, 17:20
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Dilshod Irsaliev Osiyo Kubogidagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida Yaponiya, Janubiy Koreya va Qirg'iziston termalari bilan birga "D" guruhida kurash olib boradi.

- Dilshod, dastlab sog'lig'ingiz haqida so'ramoqchi edim? Bilishimcha, tizzangizdan jarohat olgansiz.

- Ha, shunday. Hozir ancha yaxshi.

- Taxminan qancha muddatda safga qaytasiz?

- Ikki oydan so'ng.

- Demak, Osiyo Kubogida qatnasha olasiz?

- Hozirdan hech narsa deya olmayman. Bu mening jismoniy holatimdan kelib chiqib hal qilinadi, hammasi oyog'im o'sha paytda qay ahvolda bo'lishiga bog'liq.

- Guruhdagi raqiblaringiz haqida nima deya olasiz?

- Guruhdan chiqish juda qiyin bo'ladi deb ayta olaman. Hozir hamma jamoalar yaxshi o'ynamoqda.

Yaqinda bo'lib o'tgan saralashda Qirg'izistonni 5:1 hisobida mag'lub etgandik. Janubiy Koreya esa odatda Osiyo Kuboklarida u qadar yaxshi ishtirok eta olmaydi.

Hammasi oddiy, Osiyoda barcha jamoalar g'alaba uchun o'ynashadi.

- Sizningcha "o'lim" guruhi qaysi?

- Menimcha, Eron, Avstraliya, Xitoy va Indoneziya joy olgan "B" guruhi. Juda yaxshi jamoalar jam bo'lgan, kurash keskin kechadi.

Ko'pchilik bizning guruhimizni "o'lim" guruhi deb aytmoqda. Balki shundaydir, bizni guruhda ham kuchli jamoalar yig'ilgan.

- O'zbekiston terma jamoasining oldiga Osiyo Kubogida qanday vazifa qo'yilgan?

- Finalga chiqish.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.kg