Dik Advokat: “Agar Arshavin Messi bo'lsa, unda Kokorin - Ronaldu”

“Zenit” hamda Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Dik Advokat fikriga ko'ra ayni damda hibsda qolayotgan Aleksandr Kokorin katta iqtidorga ega hujumchi hisoblanadi.

“Arshavin - faqat bitta. Xudo bergan iqtidor sohibi. Qolganlar ham harakat qilmoqda. Dzyuba - bu mushaklar va xarakter. Ammo iqtidor emas. Biroq Kokorin - haqiqiy iqtidor. Sizning o'lchovlariningizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, agarda Arshavin Messi bo'lsa, u holda Kokorin - Krishtianu. Tezkor, ajoyib futbolchi. Hamma uni birinchi bor ko'rganda, yoqasini ushlab qolgandi. Afsus, shaxsiy hayoti uni noto'g'ri yo'llarga boshlabdi”,-deydi Advokat.


Manba: Sport Express