
– Men uchun doimo natija birinchi o'rinda bo'lgan. "Valensiya"ni mag'lub etayotgan vaqtda ularda bir necha vaziyat bo'lgandi, ammo darvozabon bizni qutqardi. Futbolchilarim Chempionlar ligasi, Ispaniya kubogi va chempionatda ham bir xil tarzda o'ynashmoqda. Ular doim olg'a intilishmoqda. "Valensiya"ga kelsak bu jamoa chempionatda uchinchi o'rin uchun kurash olib borishi kerak. Bugungi o'yinda raqib juda yaxshi o'ynadi, – deydi Simeone "Football Espana" nashriga.