Diego Simeone: "Bu haqiqiy "Barselona"

Mirjalol Normatov
23 apr 2023, 13:51
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"ning himoyadagi mustahkam o'yinini maqtadi.

"Menga "Barselona"ning o'yini yoqmoqda. Jamoa Xavi boshchiligida anchagina rivojlandi. Bu haqiqiy "Barselona". 

Ular mavsumni zo'r o'tkazishmoqda va ustiga-ustak himoyada zo'r o'ynashyapti. Ularning hujumkor o'yinini inobatga olsak, bu ularning plyusi bo'ladi.

Barchasi tarixan shunday: "Barselona" hujumdagi hujumkor futbolchilari sababli shunday o'ynaydi. Bu esa Xavi jamoasining himoyadagi o'yinlarini yanada qadrliroq qiladi", - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As