Diego Simeone: Atletikoga yana bir hujumchi kerak emas

Narzulla Saydullayev
26 avg 2014, 10:14
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone Rayo Valekanoga qarshi o'yindagi durang natijadan (0:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
– O'yin 90 daqiqa davom etdi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, uchta vaziyat yaratdik, ammo gol ura olmadik.

Ikkinchi bo'limda endi Rayo yaxshiroq ko'rindi. Biz boshimiz bilan devorga urilmadik – biz kompyuterga qarshi o'ynadik.

Bu natija bizga yana bir hujumchi kerakligini anglatmaydi. Lekin hali transferlar bo'ladi.

Juma kungi Realga qarshi o'yindan keyin (1:0) xulosa chiqarmadik, bugun ham bu kerak emas, – deydi Simeone.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru