Diego Milito faoliyatini “Inter”da yakunlashni istayapti

“Inter” klubining argentinalik hujumchisi Diego Milito klubi bilan shartnomani uzaytirish va faoliyatini “neradzurri” tarkibida yakunlash niyati borligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchiga haligacha yangi shartnoma taklif etishmayapti, uning amaldagi shartnomasi esa ushbu mavsum so'ngida tugaydi.

“Shartnomani uzaytirish qarori faqatgina menga bog'liq emasligini yaxshi bilanman, lekin mavsum so'ngida “Inter”dan kyetishni istamayman”, - Militoning so'zlarini keltiradi Il Corriere dello Sport.


Manba: football.kulichki.net