Diego Maradona: "Messi 2010 yilgi JCHda meni hayron qoldirmagandi"

Tolibjon Qosimov
18 okt 2013
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Diego Maradona JCH-2010da "Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etganini ma'lum qildi.
"Messi 2010 yilgi mundialda yomon o'ynamagandi, biroq biz g'olib chiqa olmagandik. Futbolchilar ichida eng ko'p yig'lagani aynan u edi.

Keyingi yilgi JCHda Argentina g'olib chiqishini istayman, ammo Ispaniya va Braziliyaga qarshi o'yinlarda oson bo'lmaydi.

Hozir Leo dunyoning eng kuchli futbolchisi. Albatta, Ronaldu, Balotelli va Neymar kabi o'yinchilar ham bor, ammo faqat Messi beshta raqibni ortda qoldira oladi xolos", – deydi Maradona.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru