Dide Drogba: “Chelsi” “Galatasaroy”dan o'n marta yaxshiroq”

25 fev 2014, 13:08
“Galatasaroy” klubi hujumchisi Dide Drogba, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida bo'lib o'tadigan “Chelsi”ga qarshi o'yin arafasida sobiq jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Chelsi” “Galatasaroy”dan ko'ra yaxshiroqmi? Ha, o'n marta yaxshiroq.

Biroq qaysi jamoada o'ynamay, o'sha jamoaning g'alabasi uchun kurashaman. “Yuve” ham bizlarga nisbatan yaxshiroq edi.

Futbol maydonida hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Agar g'alaba qozonish uchun 1 foiz imkoniyat bo'lsa ham, o'sha imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz”, - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “Galatasaroy” – “Chelsi” bahsi chorshanbadan payshanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.


Manba: sports.ru