Dide Desham: "Taktika borasida o'ylashga vaqt bo'lgani yo'q"

10 iyul 2016, 01:33
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham final oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Fransiyada Yevropa chempioni bo'lish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Bu yerda sen necha yosh ekanligini farqi yo'q, imkoniyat bormi, demak bundan unumli foydalanib qolish lozim. Futbolchi 18 yosh bo'ladimi, 20 yoshmi, sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati bormi, unda harakatni oshirishi lozim. Fransiya terma jamoasidagi barcha futbolchilar finalda o'ynash baxtiga muyassar bo'lishganini tushunib turishibdi. Bu katta voqealik.

Germaniyaga qarshi yarim final bahsidan so'ng finalga qanday taktika qo'llash haqida o'ylashga vaqt bo'lgani yo'q. Muhimi jamoa tezda tiklanib olishi kerak edi. Ishonchim komilki, yigitlar finalga to'liq tayyorgarlik bilan o'ynashadi. Bu ko'pchilik uchun faoliyatidagi eng muhim o'yinlaridan biri, balki eng muhimi ham bo'lishi mumkin. Yevropa chempionati finali, Parijda, o'z suyuklilari oldida o'ynash bu katta sharaf.

Meni Evro-2000dagi futbolchi sifatida qo'lga kiritgan muvaffaqiyatim bu o'tmishda qolgan. Hozir umuman boshqa tarix. Men endi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qatnashaman. Yana jamoaning bir bo'lagi bo'lib turganimdan faxrlanaman.

Portugaliya juda kuchli jamoa. Ular bejizga finalga qadar yetib kelishgani yo'q. Fransiya kabi Portugaliyani ham musobaqa startida juda ko'p tanqid qilishdi. Yakunda esa ular ham, biz ham finalga qadar yetib keldik. Portugaliya juda kuchli va turli xil taktikalarda o'ynay oladigan qiyin raqib. Ularning himoya chizig'i juda ishonchli o'ynaydi. Portugaliya raqibga nisbatan kuchli pressing qo'llamaydi, ammo ularning qarshi hujumlari juda tezkor va xavfli.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com