Dide Desham: "Sardorlik Mbappeni o'zgartirmaydi"

Sherzod Nurmatov
25 mar 2023, 12:45
Fransiya termasi yulduzi Kilian Mbappe terma jamoadagi ilk sardorlik o'yinini o'tkazdi.

Fransiya terma jamoasi payshanba oqshomida Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazdi va yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa hujumchisi Kilian Mbappe ushbu bahsda dubl qayd etdi. Bu o'yin futbolchining terma jamoadagi birinchi sardor sifatidagi o'yini edi. Bosh murabbiy Dide Desham sardorlik bog'ichi uni o'zgartirmasligini aytdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

"U sardor, allaqachon bunday o'yinlarda ishtirok etgan. Jamoaning boshqa a'zolari singari unda ham yaxshi o'yin ko'rsatish va eng muhimi, g'alaba qozonish istagi ko'rindi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail