Dide Desham Fransiya termasini 2026 yilgacha boshqaradi

7 yanv 2023, 16:50
Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Fransiya Futbol Federatsiyasi Dide Desham bilan hamkorlikni davom ettirishini e'lon qildi. Mutaxassisning endigi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.

Desham "uch ranglilar" terma jamoasini 2012 yilda qabul qilib olgan edi. Uning boshchiligida mamlakat bosh jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionati va 2021 yilgi Millatlar Ligasida g'olib bo'ldi, shuningdek, ular 2016 yilda Yevropa chempionati va 2022 yilda Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordilar.

Desham qo'l ostida terma 139 ta o'yin o'tkazdi va 89 ta o'yinda g'alaba qozonib, 22 ta o'yinda mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fransiya Futbol Federatsiyasi