Dibala "Yuventus"ga o'tishga yaqin

15 may 2015, 07:02
Turinning "Yuventus" klubi "Palermo" hujumchisi Dibalani qo'lga kiritish borasida kelishuvga erishdi.

Har ikkala klub Dibalaning transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishdi. "Yuventus" hujumchi uchun "Palermo"ga 28 million evro va 8 million evro bonus to'lashga tayyor ekanini bildirgan. Qo'shimchasiga turinliklarning ikkita yosh futbolchilari "Palermo"ga beriladi. Ularning biri Edoardo Goldaniga bo'ladi. Dibala turinliklar safida yiliga 2,2 million evro ishlab topadi va 400 ming evroga yaqin bonus oladi.


Manba: sports.ru