Dibala: "Seshanba kuni meni o'zgacha o'yin kutmoqda"

14 sen 2015, 22:05
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala YCHL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin u uchun o'zgacha bo'lishini ta'kidladi.


"Biz "Kevo"ga qarshi o'yinni tezroq unutib, keyingi muhim bahsga tayyorlanishimiz kerak. "Yuventus"ga ko'plab yangi futbolchilar kelishdi. Shu bois bir-birimizni tushunib ketishimiz uchun biroz vaqt kerak. "Kevo" bilan o'yin juda og'ir kechdi. O'yinni tashkil etishdagi xatolarimiz ustida ish olib boramiz. Umuman olganda yomon o'ynamadik. Shunchaki g'alaba qozona olmadik. Endi bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Yevropa chempionlar ligasidagi o'yin men uchun o'zgacha bo'ladi. "Manchester Siti"ga qarshi bahsga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz", - deydi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Juve