Di Mariya safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2022, 09:05
YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Real”ga qarshi javob o'yinida (1:3) PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya jarohat oldi.

Qayd etilishicha, muammolar o'ng oyog'ining son qismi bilan bog'liq. Futbolchi 3 haftani lazaretda o'tkazadi. Terma jamoalar ishtirokida FIFA kunlaridan so'ng, u jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin.

Di Mariya joriy mavsum Fransiya chempionatida 20 o'yinda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Equipe