Di Mariya: "Messi "Oltin to'p"ni yutishi mumkin, uning imkoniyatlari juda yuqori"

Aslanov Jasurbek
18 dek 2015, 14:16
PSJning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning fikricha, "Barselona"da to'p tepadigan uning hamyurti Lionel Messi "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogar ekanligini aytdi.

"Messi, Ronaldu va Neymar juda ko'p gol urishdi va bu yil ularning har biri juda ajoyib o'yin ko'rsatishdi, ammo shaxsiy sovrinlarni aniqlash uchun Chempionlar ligasi natijalari juda muhim, bu turnirda "Barselona" g'alaba qozongan. Shu sababli, Messining imkoniyatlari yuqori deb o'ylayman. U uchta jamoaviy sovrinni qo'lga kiritdi va "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. Ha, Ronaldu juda yaxshi o'ynadi, ammo hozir u yetakchi emas" - deydi Di Mariya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC