Di Mariya jarohati sabab eng kamida 10 kun maydonga tusha olmaydi

Administrator
16 avg 2022, 23:59
Futbolchi olgan jarohatning qanchalik jiddiy ekani ma'lum bo'ldi.

"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Sassuolo"ga qarshi o'yinda gol va assist qayd etishdan tashqari jarohat ham orttirib olgandi.

Bugun argentinalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tekshiruvlardan so'ng Di Mariya oyog'ining son qismini shikastlab olgani va eng kamida 10 kun maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi. O'n kundan so'ng qayta tekshiruv o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: juvefc.com